Yo`q, mehribonim yo`q, gulbahorim yo`q.
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.
Beg`uborim yo`q, dil oromim yo`q,
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.
Sani sog`indim bugun hammadan ko`proq,
Hamma yaqinlarim yonimda, faqat san yo`q.
Sansiz ko`nglimga sig`maydi hech qanday bayram,
Baxt bizni tark etdi – yomon qilar alam.
Tanam bo`ysungani bilan ichimdagi hislarimni
Boshqara olmayabman, olib bo`lmayabdi dam.
Tushlarimda san, tursam ham o`zing, faqat yo`qliging,
Qalbim og`rib ochiladi ko`zlarim.
Dilimda qolib ketdi qancha aytar so`zlarim,
Go`zalim, sog`indim sani yomon.
Yog`ayotgan yomg`irlar deydilar “bari tamom”,
Yo`q, yolg`on, ishonmayman sani yo`qotganimga.
Ketdingmi qaytmas bo`lib bir umrga?
To`rt devor orasida qolib ketdim yolg`iz.
Qaylarga uchib ketding, aytgin mansiz?
Yo`q, mehribonim yo`q, gulbahorim yo`q.
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.
Beg`uborim yo`q, dil oromim yo`q,
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.
Kuzgi yomg`ir yog`ardi shivirlab,
Baqirdim bor ovoz bilan,
Tomog`imdagi tomirlarim titrab,
Nolalarim yetib bormadimi san taraf ?
Sog`indingmi mani, ayt hech bo`lmasa pichirlab?
Pichirlab ertalabgacha gaplashishlarimiz esimdan ketmas,
So`ngra uxlab qolar eding jim-jit.
Faqat eshitilar edi olayotganing nafas,
Hozir esa shu ham eshitilmas.
Bo`ldi, tamom,
Bo`ldi, sani ko`zlaringga tik qarash armon bo`ldi.
Somon bo`ldi terim ortidagi go`sht.
Bo`m-bo`sh ko`chalarda yurib izladim nafis iforing,
Ko`rish istagida diydoring.
Sog`indim sani ishon,
Tikondek botar yuragimga nimadir.
Gavharsan, gulsan, dursan,
Dunyodagi eng mehribon insonsan man uchun…
Sog`indim mehringni, mehribonim seni,
Faqat seni…
Sog`indim, sog`indim, ko`zlaring, yuzlaring,
Faqat seni…
Yo`q, mehribonim yo`q, gulbahorim yo`q.
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.
Beg`uborim yo`q, dil oromim yo`q,
Topolmasligim bilib, og`riydi yuragim.
Og`riydi yuragim…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 9, 2017