Ummon guruhi - Esingdami

Ummon

Esingdami

Dilimdan ezadi tugun,
Yecha olmadim kecha-bugun.
Ertani kutib yashayman seni deb,
Sen ham qiynaldingmi, ayt meni deb?

Qayerga yo`q bo`lib ketding bilmayman,
Sado bermay qo`yding, sog`inaman.
Balki tanlab ketding kimnidir,
Meni esa unutib bo`lgansan butkul.

Dardlarim to`ldi yuragimga,
Hech zabonim bilmadi.
O`zganing bag`ridasan bugun,
Olib qolish qo`limdan kelmadi.

Sen ketding ortingga qaramay,
Men esa qarab qoldim afsus.
Bir dona ham so`z aytmay,
Ketding yaramga sepib tuz.

Bilmam kimlarning oldida
Boshqa hid, boshqa xonada,
Quyosh botadi oynadan,
Qarab eslayman yuzingga,
Izmingni berding kimga?

Kimdan kimlarning oldida,
Boshqa hid, boshqa xonada,
Quyosh tushmaydi oynadan,
Bizdan tushar edi tongdan,
Nima so`ragan edik oydan,
Esingdami?

Pardozlari kim uchun bugun?
Har bitta o`y dilim tiladi.
Ko`zlarini bo`yab olib, unga
Uzoq mayin qarab turarmi?

Men o`zimcha sog`inib bugun,
Qilib ko`rdim unga qo`ng`iroq.
O`chirib qo`yibdi raqamin,
Mendan bo`lish uchun yiroq.

Dilimdan ezadi tugun,
Yecha olmadim kecha-bugun.
Ertani kutib yashayman seni deb,
Sen ham qiynaldingmi, ayt meni deb?

Qayerga yo`q bo`lib ketding bilmayman,
Sado bermay qo`yding, sog`inaman.
Balki tanlab ketding kimnidir,
Meni esa unutib bo`lgansan butkul.

Bilmam kimlarning oldida
Boshqa hid, boshqa xonada,
Quyosh botadi oynadan,
Qarab eslayman yuzingga,
Izmingni berding kimga?

Bilmam kimlarning oldida,
Boshqa hid, boshqa xonada,
Quyosh tushmaydi oynadan,
Bizdan tushar edi tongdan,
Nima so`ragan edik oydan,
Esingdami?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Esingdami
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 3, 2016