Beraman bitta savol, boshqa savolim yo’q,
Men bilan bo’lging keladimi, ha yoki yo’q?
Agar xohlasang olib ketaman seni yiroqqa, uzoqqa.
Lekin shoshma ozgina vaqt bor, yana o’ylab ko’r,
Balki bo’lgin kelmaydi men bilan.
Yoki aksincha yuraging zor, javob ham tayyor,
Sen rozisan men bilan.
Jonim yur, olib ketaman seni yiroqqa,
Ertangi reys bizni kutmoqda.
Lekin haliyam savolim so’roqda, so’roqda.
Sen bilan agar orzularim bog’lansa,
Sen bilan osmonlardan baland uchamiz,
Oldingidan yiroq, dengizga yaqinroq,
Sen bilan qanot qoqib uchamiz, uchamiz…
Sen mening osmonimsan, yulduzlarga to’la,
Sen mening oftobimsan, yonasan nur socha.
Sochlaring shamol uchiradi erkalab,
Har kun uyg’onganingda ertalab.
Agar men bilan bo’lsang bo’lardim xursand,
Qalbimda qolmasdi na dard, gina, alam.
Hamma yorug’liklarni ko’rsatib birdan,
Seni baxtliroq qilar edim hammadan.
Jonim yur, olib ketaman seni yiroqqa,
Ertangi reys bizni kutmoqda.
Lekin haliyam savolim so’roqda, so’roqda.
Jonim yur, olib ketaman seni yiroqqa,
Yulduzlardan balandroqqa, dengizlardan chuqurroqqa.
Qayerga xohlasang yur, bo’lasan mani-mani malikam,
Man sani-sani-sani shahzodang, ikkimiz va dengiz.
Sen bilan agar orzularim bog’lansa,
Sen bilan osmonlardan baland uchamiz,
Oldingidan yiroq, dengizga yaqinroq,
Sen bilan qanot qoqib uchamiz, uchamiz…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- December 20, 2014