Yuragimni ezadi yana o’sha qayg’u,
Yuragimni ezadi yana o’sha og’u,
Xushlarimga keladi ko’zi qaro.
Qo’lingdagi sharobdan, icholmasam netay?
Qalbimdagi g’aflatdan qocholmasam netay?
Qo’limdagi suratdan kecholmasam netay?
Ko’zi qaro, ko’zi qaro.
Mayli meni sevmagin, roziman mayli,
Oldimda ketmagin, roziman mayli.
Faqat bir bor yo’qlagin, sog’indim seni,
Ko’zi qaro, ko’zi qaro.
Jondan sevib kechib ketdim, kechmoqligim istading,
Yuragimdan yulib ketdim, ketmoqligim istading.
Yuragingga sig’may ketdim, keragim yo’q sen uchun,
Ko’zlaringda tinib ketdim, keragim yo’q sen uchun.
Yolg’izlikka yo’yding-qo’yding, hayotimni o’g’irlay,
Hayotimda endi yo’qsan, yo’q bo’l deding butunlay.
Yuragingga sig’may ketdim, keragim yo’q sen uchun,
Ko’zi qaro, ko’zi qaro.
Seni bir ko’rgim keladi, bag’rimga bosgim keladi,
Quvonchimning torlaridan sog’inch kuyin chalgim keladi.
Eslaysanmi sen ham meni, jondan aziz bilganingni?
Yoki yutib yuborgansan, menla o’tgan o’tmishingni.
Yuragimga qurdim qasr, qasr nomi o’tmishdir,
Unda yana ikkimiz baxtlilardan baxtlimiz.
Shu qasr menga sabr ato etar har kuni,
Sevarman sevilmay, kutarman kutilmay.
Jondan sevib kechib ketdim, kechmoqligim istading,
Yuragimdan yulib ketdim, ketmoqligim istading.
Yuragingga sig’may ketdim, keragim yo’q sen uchun,
Ko’zlaringda tinib ketdim, keragim yo’q sen uchun.
Yolg’izlikka yo’yding-qo’yding, hayotimni o’g’irlay,
Hayotimda endi yo’qsan, yo’q bo’l deding butunlay.
Yuragingga sig’may ketdim, keragim yo’q sen uchun,
Ko’zi qaro, ko’zi qaro.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 12, 2014