Ummon guruhi - Layli

Ummon

Layli

Yuragim nolalari
Mani qo`yvor deb baqiradi.
Kirib olib yuragimga,
Layli azob beraveradi.

Bilmam qachon ketar ekan,
Baxtim uzoq etar ekan?
Ko`nglimda qulf qafas,
Ochilib ketarmikan?

Mayli, mayli, mayli,
Faqatgina qo`yvor, Layli-Layli.
Qiynayverma meni, bo`ldi mayli,
Shuncha qiynaganing balki yetarli?

Daydi, daydi, daydi,
Bo`lib qoldim netay telba, daydi?
Bu hammasi kim deb, kim tufayli?

Qalbimda qop-qora dog`,
Balki bu sen, balkim siyoh.
Qattiq botar ne bo`lsa ham,
Belimda yukmas go`yo tog`.

Sevib sani qildim xato,
Hayotimni etib ado.
Shuncha asrab, berib mehr,
So`ng yo`qotib, bo`ldim ado.

Esingdami sani ilk bor ko`rganimda ko`chada,
Boshqacha eding o`qishdan qaytayotganingda uyga.
Oppoq qor edi ko`chalar, kechagidek esimda,
Yuragimni yulib bergan edim o`sha tuni senga.

Baxtli kunlar juda tez o`tib ketdi u bilan,
U ketdi-yu orqasidan keldi qora tuman.
Axir aytmaganding, baxtli kunlar evaziga
Xayoling o`girlab ketaman deb bir umrga.

San mandan ketgansan, gar umrim mani qismim,
Bu sen emassan, sendan qolgan jism.
Sani yo`qotganimga ancha bo`lgan bo`lsa ham,
Tirnoqlaring izlari chandiq qildi yuragim.

U holingdan hech narsa qolmabdi bugungacha,
Ibo-hayoni, ishon, sotib ololmaysan pulga.
Lablaringni kimdir kulib o`pib ketdi,
Bu yerda kimdirlar yonib, kuyib ketdi!

Mayli, mayli, mayli,
Faqatgina qo`yvor, Layli-Layli.
Qiynayverma meni, bo`ldi mayli,
Shuncha qiynaganing balki yetarli?

O`, daydi, daydi, daydi,
Bo`lib qoldim netay telba, daydi?
Bu hammasi kim deb, kim tufayli?

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Layli
Xonanda:
Ummon
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 8, 2017