Seni, seni, seni, seni ko`zlaringde,
Manga sani o`ylashga majbur qiladide.
Agarda ilojing bo`lsa bir kunga kel,
Qol, ko`r ne bo`ldi menga.
Seni, seni, seni, seni sog`indim de,
Sog`inch bir kuni mani o`ldirar de,
Rost bo`lmasa ham rostdan de.
San mani solgan avolga
Dushmanlarim ham sola olmas aslo.
San mani eng, eng beg`uborim,
Eng, eng beshafqatsizamsan.
Tanho Zuhro yulduzi kabi
Mani to`grimdagi oftobsan kuy-kuyduraverasan.
Qop-qora kulman, muzlagan tunman,
Sensizlik zulmat, zulmatga mahkumman.
Mahrumsan endi mendan,
Mahrumman endi sendan.
Ayb bor ikkimizda ham,
Qaytarsa bo`lar edi
Agar harakat qilsanimizda o`sha dam.
Qildim man, qilmading san,
Bordim man, chiqmading san.
Sani qaytarishga zoye harakat qilganimdan ko`ra
Unutishga harakat qilganim afzalroq.
Seni, seni, seni, seni ko`zlaringde,
Manga sani o`ylashga majbur qiladide.
Agarda ilojing bo`lsa bir kunga kel,
Qol, ko`r ne bo`ldi menga.
Seni, seni, seni, seni sog`indim de,
Sog`inch bir kuni mani o`ldirar de,
Rost bo`lmasa ham rostdan de.
San mani yuragimda, qayg`u to`lgan tunda,
Unda-bunda tushlarimda ko`raman.
Nega ko`zlaring, nega?
Nega ko`zlarim, nega?
Nega ko`ra olmaymiz, nega?
Qorachig`larimiz nega? (x2)
San mandan olib ketgan baxtni
Bilaman, hech kim qaytarolmaydi.
San mani solib ketgan ko`yga
Hech kimsa endi sola olmaydi.
Asrayman, yuragimni nolalari yetdi,
Yasab qafas ila ma’quli yosh ko`zga ketdi,
Zarb esa eng nozik nuqtamgacha borib yetdi.
Sani o`ylamasdan o`tmas bu kechalar,
Bu kechalar yana qiynar nechalar?
Sani so`rayverar yurak bechora,
Bechora yurakka bo`lsa edi bir chora.
Usuli ham o`zgarib qoldi,
Sani o`ylasam tez-tez uradigan bo`lib qoldi.
Sani o`ylash jonimga tegdi, tegdi,
Chiroyligim mani baxtim qayga olib ketdi?
Seni, seni, seni, seni ko`zlaringde,
Manga sani o`ylashga majbur qiladide.
Agarda ilojing bo`lsa bir kunga kel,
Qol, ko`r ne bo`ldi menga.
Seni, seni, seni, seni sog`indim de,
Sog`inch bir kun mani o`ldirar de,
Rost bo`lmasa ham rostdan de.
San mani yuragimda, qayg`u to`lgan tunda,
Unda-bunda tushlarimda ko`raman.
Nega ko`zlaring, nega?
Nega ko`zlarim, nega?
Nega ko`ra olmaymiz, nega?
Qorachig`larimiz nega? (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- November 13, 2017