Bila olmadim nedir aybim, nedir aybim…
Singan shishani qancha urinma, qaytmaydi o`z holiga,
Yopishtirib ko`r, qo`yib o`z o`rniga.
Izi iziga kelgani – bu degani yangimas,
Bu degani sinmadi, degani emas.
Bo`lar undan yaxshi, undan yomon,
Lekin unday bo`lmaydi endi hech qachon, tamom.
G`ururim osmon edi, yer bilan bir qilding,
Ko`zlarim olov edi, sho`r suvga to`ldirding, a.
Saning isming maning xayollarimdagi qora o`ra,
Yoki o`rama, nima u, deb so`rama.
Manga qanchalar og`ir sani kutgan onlar,
Undan ko`ra qara – ochiq ora.
Har kun intilarding ko`chaga,
Ertalabdan kechgacha yuraver ko`chama-ko`cha!
Qilmayman qo`ng`iroq deb “bor uyga”,
“Vaqtliroq bor uyga”!
Biz oldingi emasmiz endi,
Sen xohlagandek bo`lsin mayli.
Qilmayman qo`ng`iroq ortiq,
Qancha qiynasa ham og`riq.
Biz yosh bola emasmiz endi,
Sen xohlagandek bo`lsin mayli.
Yoningga bormayman ortiq,
Qancha qiynasa ham og`riq.
Qarab tursam, daraxtlardan to`kilmoqda yaproqlar,
O`ylab korsam, 10 kun ham bo`lmapti gullaganiga ular.
Kunlar, tunlar bizlarni shunchalar tez
O`zgartirib yuborar, deb o`ylamas edim.
Men u bilan baxtli edim, u men bilan bilmasam,
Lek xatlaridan baxtlidek edi, qayta-qayta o`qisam.
Oxiri bilsam, ancha bolibdi – chetdaman,
Qilgani alam – mendan boshqasi bilan!
Biz gullagan daraxt edik endi boshlanganida,
Yaproq bo`lib to`kildik ildiz lat yeganida.
Nima bo`lganda ham, ikkimizdan qolmaydi meva,
Nima bo`lganda ham kelma, bo`lib qolganman telba.
Biz ikki sohilmiz bugun, garchi edik bir butun,
San yo`llarimdagi tutun, qora bulut, qora tun.
Nima bo`ldi sabab xiyonat qilishingga o`sha tun?
Bilmadim, negadir ko`zga yosh keldi o`sha tun.
Biz oldingi emasmiz endi,
Sen xohlagandek bo`lsin mayli.
Qilmayman qo`ng`iroq ortiq,
Qancha qiynasa ham og`riq.
Biz yosh bola emasmiz endi,
Sen xohlagandek bo`lsin mayli.
Yoningga bormayman ortiq,
Qancha qiynasa ham og`riq.
Yig`laydi osmonlar, yig`laydi yurak,
Yig`lardi ne dardda, bir kun biz ham kulsak kerak.
Kulmaydi bu ko`zlar, kulmaydi lablar,
Kulmas dardi borlar, bir kun qutulsak kerak.
Qutulsak kerak… Bila olmadim…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 15, 2016