Ming bora shukronalar aylayman Robbimga,
Shu yurtda tug`ilganim uchun, o`sayotganim uchun.
Har bir qarich yerini muqaddas deb bilaman
Va doim asrayman farovon xalqim uchun.
Faxrlanaman – ajdodlarim buyuk,
Ularni butun olam tan olgan, abadiy tarixda qolgan.
Ularga munosib avlod bo`lishga intilmoqda barkamol avlod,
Hammamizning maqsadimiz aniq.
Kelajak biz yoshlarning qo`lida,
Hali ko`p buyuk ishlar kutmoqdadir oldinda.
Har sohada yutuqlar, ketma-ket g`alabalar,
Hali bayrog`imiz ko`klarda ko`p bora hilpirar.
Maqsadlarni amalga oshiramiz albat,
Faqatgina yomon ko`zlardan asrasin Robbim.
Farovon bo`lsin xalqim, doim tilagim shu,
Ko`z qorachig`imdek asrayman!
Vatanim – ko`z nurim mening,
Millatim – g`ururim mening!
Vatanim – ko`z nurim mening,
Millatim – g`ururim mening!
Vatan! Bu so`zda qanchadan-qancha ma’no,
Shu so`zni deb qancha insonlar bo`lganlar ado.
Shu kunga yetgungacha qancha to`siqlar bo`lgan,
Tinchlik uchun bobolarimiz qancha kurashgan.
Lekin afsus, ko`rolmaganlar ham bor tinchlikni,
Farovonlik, ravnaqimiz, hamjihat do`stlikni.
Biz bormiz, ular hech qachon maqsadga yetolmas,
Farovonligimizni hech qachon, hech kim buzolmas!
Doim mag`rurman, chunki o`zbek farzandiman,
Vatanim ravnaqi uchun doimo intilaman.
Faxr tuyg`usi qalbimda yashab borar mangu,
Niyatlarimiz sof, barchasi samimiy, ezgu.
Temur bobomdan qolgan o`gitlar bizga meros,
Vatanimga qancha xizmat qilsam ham, shuncha oz.
So`zlarimga e’tibor bering, barcha do`stlarim,
Bularning hammasi chin dildandir aytgan so`zlarim.
Vatanim – ko`z nurim mening,
Millatim – g`ururim mening!
Vatanim – ko`z nurim mening,
Millatim – g`ururim mening!
Maning Vatanim… {x4}
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- July 24, 2016