Bor, bor bir vafodor yor,
Unga bergan yuragim bor,
Lek ko`nglimni u anglamaydi.
Men ham sezmagandek,
To`zinchali erkin qushdek,
Lek nigohi qalbim tirnaydi.
Xayolan bir-birimizga zor-zor,
O`tadi kun-u tunimiz dor-dor.
Bo`ldi bas, urib oh charchadim man,
Endi man o`zim, man aytaman.
Yura-yura aytmay, yuragimni qilding pora,
Zora-zora kelasan, deb yuribman bechora. (sen deb mana)
Yura-yura aytmay, yuragimni qilding pora,
Seva-seva, sevaman, deb aytaqol bir bora. (seni sevaman)
Seni sevaman…
Endi men maftun bir devona,
Qilmishlaringga hayrona,
Yona-yona senga shaydoman.
Tanho-tanho zuhroyingman,
Sarvari ul samohingman,
Anglasangchi yor ko`zlarimdan.
Xayolan bir-birimizga zor-zor,
O`tadi kun-u tunimiz dor-dor.
Bo`ldi bas, urib oh charchadim man,
Endi man o`zim, man aytaman.
Yura-yura aytmay, yuragimni qilding pora,
Zora-zora kelasan, deb yuribman bechora. (sen deb mana)
Yura-yura aytmay, yuragimni qilding pora,
Seni seva, sevaman, deb aytaqol bir bora. (har onda yana)
[Karen Gafurjanov]
Ana shunday bo`ladi negadir bu olamda,
Qiynab yuragi bir-birini bu sevishganlar.
Azob chekib, o`tda yonib, siqilib, yashirib,
Uyalib, chalkashib, tuyg`ulardan or qilib,
Bu go`zal dunyoni ko`zlariga tor qilib.
Nahot imkon yo`q, viqor biron yo`q,
Qo`llaridan ushlasang, baxt manzilga boshlasang,
Sevaman desang…
Xayolan bir-birimizga zor-zor,
O`tadi kun-u tunimiz dor-dor.
Bo`ldi bas, urib oh charchadim man,
Endi man o`zim, man aytaman.
Yura-yura aytmay, yuragimni qilding pora,
Zora-zora kelasan, deb yuribman bechora. (sen deb mana)
Yura-yura aytmay, yuragimni qilding pora,
Seva-seva, sevaman, deb aytaqol bir bora. (seni sevaman)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- June 16, 2018