Erta tong uyg`onib, orzuga cho`lg`onib,
Kulgan ko`zlaring izlarman.
Sen tomonga boqib, men mehringda oqib,
Tushlarim senga so`zlarman.
Quyosh jilmayadi samoda,
Asta erkalaydi shabboda.
Bizniki bu kunlar, oydinli kechalar,
Sevgi torlarimiz baxtga sozlanar.
Yolg`izim meni, sevaman seni,
Nigohlaring bilan maftun etding meni.
Bu dunyo ichra go`yo
O`shal orzularimiz bugun ro`yob. (x2)
Esingdami bizlar, o`sha baxtli kezlar
Uchar edik qushlar misol.
Yonib turgan ko`zlar, ehtirosli ko`zlar,
Quchar edi bizni visol.
Hayot sinovlarga to`lsa ham,
Qancha kunlar o`tgan bo`lsa ham,
Ilk bora uchrashgan, nigohlar to`qnashgan,
Hayajonli onlar ketmas yodimdan.
Yolg`izim meni, sevaman seni,
Nigohlaring bilan maftun etding meni.
Bu dunyo ichra go`yo
O`shal orzularimiz bugun ro`yob. (x2+x2)
Yolg`izim meni…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 13, 2016