Vohid Abdulhakim - Kibr qilmang qo'shiq matni, lyrics

Vohid Abdulhakim

Kibr qilmang

Garchi omadning qushi
Boshingizda parvona,
Muhabbat malikasi
Sizga bo`lsa jonona.

Pichog`ingiz gar toshni
Kessa saryog` singari,
Sha’ningizga bitsalar
Qasida-yu tarona…

Birodarim, kibr qilmang,
Omad yuz burib yubormasin.
Bittaman, deb kerilmang,
Yolg`izlik yutib yubormasin. (x2)

Qo`ni-qo`shni, qarindosh
Qilsalar izzatingiz,
Ahli ayol, farzandlar
Sidqidil xizmatingiz.

Odamlar gar maqtasa
Hotamligingiz, mardligingiz,
Zakot, ehsonlaringiz –
Mo`minlik ziynatingiz.

Birodarim, kibr qilmang,
Iymon yuz burib yubormasin.
Bittaman, deb kerilmang,
Yolg`izlik yutib yubormasin. (x2)

Mehmondo`stsiz beqiyos,
Berib bu kun ziyofat,
Kechirasiz – do`stmisiz,
Qilsa ham u xiyonat!

Ahli ilm, ulamoning
Qadrin ko`tarib baland,
Nazr-niyoz ila etib
Valiylarni ziyorat.

Birodarim, kibr qilmang,
Ihlos yuz burib yubormasin.
Bittaman, deb kerilmang,
Yolg`izlik yutib yubormasin.

Qo`sha-qo`sha imorat,
Gijinglagan markablar.
Egningizda bebaho
Zar chopon-u, kimhoblar.

Og`ishmangiz Rahmonning
Aytgan to`gri yo`lidan,
Qurdirsangiz ham garchi
Madrasa-yu maktablar.

Birodarim, kibr qilmang,
Rahmon yuz burib yubormasin.
Tanhoman, deb kerilmang,
Yolg`izlik yutib yubormasin. (x2)

Yolg`izlik yutib yubormasin…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Kibr qilmang
Xonanda:
Vohid Abdulhakim
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 21, 2018