(Bir nafaslik yo’l ekan ikki dunyo orasi,
Ko’z o’ngimdan hech ketmas ko’zlaringni qorasi.
Kuz yaprog’i singari xazonlarga aylanding,
Qiyomatga qoldi-mi, endi diydor chorasi)
Yuzimga tomchilab yog’ardi yomg’ir,
Ichimdagi dardim bilardi yomg’ir. (x2)
Tosh qotgan yurkani o’yardi yomg’ir.
Shu yomg’ir ostida abadiy qolsam,
Yig’larmisiz, azizam, dunyodan o’tsam. (x2)
Ishonmang bu qadar tirikligimga,
Zulmatga ziyodek yorishib ketsam. (x2)
Ertaga qayerdan toparsiz mani,
Xokisor tuproqqa qorishib ketsam. (x2)
Beparvo qaramang, kulyapti-ku deb,
Guldek yashab, guldek ochilib-so’lsam. (x2)
Nogahon esib, qayirsa shamollar,
Qolasiz, xazondek to’kilib ketsam.
(To’kilib ketsam, to’kilib ketsam)
Ishonmang bu qadar mening umrimga,
Shu kunim mazmunli etolsangiz, bas. (x2)
Ertangi kunlarga atalgan mehriz,
Balki, bu kundan so’ng menga kerakmas. (x2)
Yuzimga tomchilab yog’ardi yomg’ir,
Ichimdagi dardim bilardi yomg’ir.
Tosh qotgan yurkani o’yardi yomg’ir
Shu yomg’ir ostida abadiy qolsam,
Yig’larmisiz, azizam, dunyodan o’tsam. (x2)
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 24, 2014