Maysalarning yuzida shabnam
Qanot topsa, quyoshdan mamnun. (x2)
Bo`y sayqallab ochganda g`uncha,
Dilda kezsa bezabon junun.
Muhabbatni sog`inar bahor,
Muhabbatni sog`inar bahor. (x2)
Qaldirg`ochning qanotlarida
Aks etganda qoshlar ishvasi, (x2)
Munavvar bu olamni tutsa,
Orziqtirgan sho`x bulbul sa’si.
Muhabbatni sog`inar bahor,
Muhabbatni sog`inar bahor. (x2)
Gulgun yuzlar, intiq nigohlar
Izlaganda kimnidir pinhon,
Qo`ling guldastani qo`msasa,
Allakimga talpinsa bu jon.
Muhabbatni sog`inar bahor,
Muhabbatni sog`inar bahor. (x2)
Muhabbatni sog`inar bahor…
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 11, 2017