Xudoyberdi To'ychiyev - Otamga mashina mindiray qo'shiq matni, lyrics

Xudoyberdi To'ychiyev

Otamga mashina mindiray

Baxtni ham boqmoqqa ko`ndiray,
Kamlarin barchasin to`ldiray,
Ollohim, menga ham boylik ber,
Otamga mashina mindiray.

Yo`llarda oyog`i tolmasin,
Yuklari yerlarda qolmasin,
Mehmonga piyoda bormasin,
Otamga mashina mindiray.

Yo`qdan ham amallab yo`ndiray,
Ko`zlarin quvonchdan kuldiray,
Farzandlik burchimni bildiray,
Otamga mashina mindiray. {x2}

Qarzimni qaytaray ertaroq,
Yoshlanmay turibon ko`z qaroq,
Yaqinga aylansin deb yiroq,
Otamga mashina mindiray.

Kunimga yaraydi shu inson,
Qarzlarim ko`p hali bir jahon,
Qaydandir axtarib bir imkon,
Otamga mashina mindiray. {x2}

Shaytonga dilimni yor qilmay,
Nomardga qadrimni xor qilmay,
O`tayin mashina men minmay –
Otamga mashina mindiray.

Men deb umrin hasrat-g`amga
Baxshida etgan odamga,
Otamga avval otamga,
Otamga mashina mindiray.

Qalbbog`da gullarni undiray,
Armonin birma bir o`ldiray,
Qudratning orzusi shu do`stlar,
Otamga mashina mindiray.

Xudodan so`rarman yolvorib,
Sog` bo`lsin baxtimga, ilohim.
Onam ham yonida quvonib,
Otamga mashina mindiray.

Xudoyberdi der faqat:
Qalbimda oliy maqsad,
Men deb kechirgin zahmat –
Otamga mashina mindiray.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Otamga mashina mindiray
Xonanda:
Xudoyberdi To'ychiyev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 30, 2020