Xurshid Rasulov - Uzoqlashib ketyabmiz qo'shiq matni, lyrics

Xurshid Rasulov

Uzoqlashib ketyabmiz

Bu dunyodan saro-sar yurib-yelib o’tyabmiz,
Ko’rinib tur birodar, uzoqlashib ketyabmiz. (x2)
Goh qochgani urinib, goh borgani erinib,
Yaqin kabi ko’rinib, uzoqlashib ketyabmiz. (x2)

Jigarlarim opichib, birga o’sdik chopishib,
Endi eshik yopishib, uzoqlashib ketyabmiz. (x2)
Men yuribman ne ko’yda, ayolim, sen ne o’yda?
Yashab turib bir uyda, uzoqlashib ketyabmiz. (x2)

Yaxshi kunda bilgin-a, kelmagan ham kimgina?
Og’ir kunda jimgina uzoqlashib ketyabmiz. (x2)
A’zam, so’zing haqiqat, har nafasing g’animat,
Qayda ketsak ham faqat, uzoqlashib ketyabmiz. (x2)

Uzoqlashib ketyabmiz, uzoqlashib ketyabmiz,
Ko’rinib tur birodar, uzoqlashib ketyabmiz. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Uzoqlashib ketyabmiz
Xonanda:
Xurshid Rasulov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 2, 2020