Farruh Zokirov - Izlab-izlab

Yalla ansambli

Izlab-izlab

O’rmonlarga qo’nar oqshom, go’zaldir olam,
Menda yo’q orom, tatimas bir dam,
Yo’qsan jonim, yo’qsan dildor, so’zlari bahor,
Ko’zim intizor, na bir xat bor.

O’rtamizda xafalik bor,
Uzr aytib senga yuz bor,
Izlab-izlab yo’ling topsam,
So’zlab-so’zlab diling topsam.

Oylar o’tib, yillar o’tib, bog’lar ochilib,
Kelganday bo’lib sho’xliklar qaytib,
Sochlarimga yog’sa ham qor sevgim bir bahor,
Kuylasa takror qo’limdagi tor.

Eslab-eslab sog’inamiz,
Olis-olis ilk sevgimiz.
Izlab-izlab sog’inamiz,
Olis-olis yoshligimiz.

Eslab-eslab sog’inamiz,
Olis-olis yoshligimiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Izlab-izlab
Xonanda:
Yalla ansambli
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
September 18, 2013