Har kun tunda aytilar u ne qo`shiq?
Allasining dardiga dardin qo`shib.
Yuragida dardu-hasrat to`lib toshib,
Bir munisa ayol yig`lar unsiz o`ksib,
Majruh farzandini bag`riga bosib.

Alla aytib tunlari, tonggacha ulanadi,
Allasini tinglab, ko`zlar namlanadi.
Pastu-baland yo`llarida goh qoqilganda
Nolimaydi, garchi yomon qiynaladi.

Hech kimsaga aytmaydi yurak dardini,
Hech narsaga alishmaydi dilbandini.
Mayib-majruh tug`ilgan deb yuz o`girib,
Garchi ko`plar tashlab ketar farzandini.
Majruh tug`ilganlik go`dakning aybimi?

“Bolam” dedi, kechdi orzu havaslardan,
Kechdi boylik, orzu-havas, olmoslardan.
Boshga g`avg`o, ta’na toshlar yog`ildi,
Farzand qadrin bilmagan qadri pastlardan.

Ey munisa ayol, umring baxtga to`lsin,
O`g`ilchang ham unib-o`sib, yigit bo`lsin.
O`z bolasin tashlab ketgan bag`ri toshlar
Mashaqqatli hayotingdan ibrat olsin,
Qanday ayol bo`lish sirin sendan olsin.

Alla aytib tunlari, tonggacha ulanadi,
Allasini tinglab, ko`zlar namlanadi.
Pastu-baland yo`llarida goh qoqilganda
Nolimaydi, garchi yomon qiynaladi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Majruh
Xonanda:
Yodgor Mirzajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 4, 2019