Yodgor Mirzajonov - Yolg'izginam qo'shiq matni, lyrics

Yodgor Mirzajonov

Yolg’izginam

Sensiz telba kunlarimning rangi yo`q,
Sensiz go`yo hayotimning fayzi yo`q.
Sensiz bugun yuragimda yonar cho`g,
Mensizginam, yolg`izginam o`zimni.

Ko`zlaringdan uzmas edim ko`zimni,
Isming bilan boshlar edim so`zimni.
Yillar bo`ldi ko`rishmaymiz ikkimiz,
Olisginam, yolg`izginam o`zimni.

Yolg`izginam, ma’yusginam,
Kel endi, kel endi.

Seni o`ylab oqshomlari bedorman,
Seni eslab xastadirman, bemorman.
Sog`inganda visolingga xumorman,
Yolg`izginam, ma’yusginam o`zimni.

Kech bo`lganda yana umid bog`lasang,
Meni eslab, yongan bag`ring tig`lasang,
Bir kun kelib meni eslab yig`lasang,
Gulyuzginam, yolg`izginam o`zimni.

Yolg`izginam, ma’yusginam,
Kel endi, kel endi.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’izginam
Xonanda:
Yodgor Mirzajonov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 4, 2018