Yodgora Gaipova - Jannatim onam qo'shiq matni, lyrics

Yodgora Gaipova

Jannatim onam

Mushtiparim, farishtam,
Beg`uborim, yagonam,
Yuragimdagi nolam,
Hayotim, borim Onam.

Ko`zingizda nam ko`rmay,
Dilingizda g`am ko`rmay.
Siz sabrda tengi yo`q,
Dardingiz o`zim olay.

Hatto ko`z yoshingizdan
Bog`larda gul unadi.
Duogo`y mehringizdan
Bizga baxtlar kuladi.

Xisor bo`ling boshimizga,
Otam ham – siz, Onam – siz.
Tiz cho`kay poyingizga,
Siz jannati Onamsiz.

Jannatim Onam, yo`llaringizda gul bo`lay,
Jannatim Onam, ko`zlaringizga nur bo`lay.
Mehribonginam, beozorginam,
Ko`rmayin sira ko`zlaringizda nam.

Mehr to`la ko`nglingiz,
Quyosh misol yuzingiz,
Qalbi yarim, mehribon
Sizga o`g`il-qizingiz.

Bolam, deya dunyoda
Boringizdan kechgansiz.
Duo qilib tonggacha,
Bizga baxt tilagansiz.

Jannatim Onam, yo`llaringizda gul bo`lay,
Jannatim Onam, ko`zlaringizga nur bo`lay.
Mehribonginam, beozorginam,
Siz farishtamsiz, yagonaginam. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Jannatim onam
Xonanda:
Yodgora Gaipova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
November 14, 2018