Soy bo`yida bor edi bir majnuntol,
Soyasida o`tirardik bemalol. (x2)
O`sma qo`yib, surma surib va yana
Yuzimizga qo`yar edik bitta xol.
Yodingdami o`shal damlar, dugonajon?
Yoshlik qaytib kelmas ekanda hech qachon. (x2)
Ariq bo`yidan yalpiz terar edik,
Yalpiz bahona o`ynab-kular edik. (x2)
O`ynab-kulib, qo`shiq aytib va yana
Doira chalib, raqsga tushar edik.
Yodingdami o`shal damlar, dugonajon?
Yoshlik qaytib kelmas ekanda hech qachon. (x2)
Uzun sochlarimizni yuvib-tarab,
O`rib olardik mayda-yu, maydalab. (x2)
Sochimizga pilik ulab va yana
Tol popugin ular edik ataylab.
Yodingdami o`shal damlar, dugonajon?
Yoshlik qaytib kelmas ekanda hech qachon. (x3)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- February 5, 2019