Yulduz Turdiyeva - Ishq kabi qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Turdieva

Ishq kabi

Sevsang, yo`llar uzun,
Kimki topsa huzur,
Oshiqlar shunda o`z yo`lida.
Bir bor sevsa yurak,
Ming bor kelsa tilak,
Shunda oshiqlar baxt qo`lida.

Sevganlar ishqi kabi
Qalbim sevgi yo`lida,
Savdolarning o`yida,
Gulxanlarda bu ichim.

Har on, ayni zamon,
Bu xayollarimdan omon
Qolaman, yonsang men uchun,
O`sha oshiqlarning kabi.

O`tli sevgi uchun
Jonim bermayin nechun
Yuraging to`ridan go`sha topsam?
Bag`rim nurga to`lar,
Ko`nglim senga ko`nar,
Ne uchun qiynaysan gar yoqsam?

Sevganlar ishqi kabi
Qalbim sevgi yo`lida,
Savdolarning o`yida,
Gulxanlarda bu ichim.

Har on, ayni zamon,
Bu xayollarimdan omon
Qolaman, yonsang men uchun,
O`sha oshiqlarning kabi.

Sevganlar ishqi kabi
Qalbim sevgi yo`lida,
Savdolarning o`yida…

Har on, ayni zamon,
Bu xayollarimdan omon
Qolaman, yonsang men uchun,
O`sha oshiqlarning kabi, o`.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ishq kabi
Xonanda:
Yulduz Turdieva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 23, 2018