Yulduz Turdiyeva - O'zgancha tanovar qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Turdieva

O’zgancha tanovar

Endi sandek janon, janon qaydadur, yor-ey,
Janon qaydadur, yor-ey,
Ko`rib gul yuzingni, bog`da bandadur. {x2}

Saqla ishqing to kim jonim tandadur, yor-ey,
Jonim tandadur, yor-ey,
O`zim har joydaman, ko`nglim sandadur,
O`zim har joydaman, ko`nglim sandadur-o,
Ko`nglim sandadur.

Mehring o`ti nogoh tushdi jonlarga, yor-ey,
Tushdi jonlarga, yor-ey,
Parvoyim yo`q zarra honumonlarga. {x2}

Lola yanglig` to`lib bag`rim qonlarga, yor-ey,
Bag`rim qonlarga, yor-ey,
O`zim har joydaman, ko`nglim sandadur,
O`zim har joydaman, ko`nglim sandadur-o,
Ko`nglim sandadur.

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
O’zgancha tanovar
Xonanda:
Yulduz Turdieva
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 29, 2018