O`tar umr, o`tar odamlar,
Tugamaydi fasod, nadomlar.
Bizning bog`da qurigan bilan
Boshqa bog`da gullar bodomlar. (x2)

Yarangizga qo`yolmay malham,
Ortingizdan boraman men ham.
Bu dardiga topolmay davo,
Yig`lar hatto osmondan sel ham. (x2)

Kun chiqadi, so`ng yana botar,
Ba’zi joyda bilmam tong otar.
Bu dardiga topolmay davo,
Odam Ato ham yerda yotar. (x2)

Nima qilay, nimalab qoldim,
Katta yo`lda o`rmalab qoldim.
Topolmayin dardimga davo,
Ortingizdan mo`ralab qoldim. (x3)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bodomlar
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 28, 2018