Sevgan go`zal emasdir,
Sevilgan go`zal derlar.
Muhabbat oxiri yo`q,
Jannatiy go`zal derlar.

Peshonamga ishq bitsin,
Azaldan-azal derlar.
Yagonasan men uchun,
Bir donang bo`lay o`zim.

Dona, dona, bir donang bo`lay,
Baxting uchun qurboning bo`lay.
Saning uchun yagona bo`lay,
Sevgilingman, bir donang bo`lay. (x2)

Dardim bilsang, dardingni
Jonim bilan olay, yor.
Tomiringda oqqan mehr,
Jonu-diling bo`lay, yor.

Kunim bitgan pallada
Ostonangda o`lay, yor.
Yagonasan men uchun,
Bir donang bo`lay o`zim.

Dona, dona, bir donang bo`lay,
Baxting uchun qurboning bo`lay.
Saning uchun yagona bo`lay,
Sevgilingman, bir donang bo`lay. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dona
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 5, 2019