Tong yorishdi bilmagaysan, ey g`arib,
Kunga sajda qilmagaysan, ey g`arib.
Tark etib tun zulmatin oftob sari,
Borganingda kelmagaysan, ey g`arib.
Dilni boshing uzra sanjo aylading-ey,
Nega oldga jilmagaysan, ey g`arib.

Bilmaysan yo g`arib,
Ko`rmaysan yo g`arib.
O`lmaysanmi ayt, g`arib bo`lib?
Alam-o, alam. (x2)

To bakay g`ofil qolursan qo`zg`olib?
Yeldirimday yelmagaysan, ey g`arib. (x2)
Tongga o`tru turganda tong kular,
Ne sen bir kulmaysan, yo g`arib? (x2)
To bakay g`ofil qolursan, ey g`arib?

Bilmaysan yo g`arib,
Ko`rmaysan yo g`arib.
O`lmaysanmi ayt, g`arib bo`lib?
Alam-o, alam. (x2)

Borlig`ingni tong ziyosi chulg`asa,
O`lganingda o`lmagaysan, ey g`arib. (x2)
Iltijo qil, san jog`ni arshga il,
Yo nazarga ilmagaysan, ey g`arib. (x2)
Yeldirimday yelmagaysan, ey g`arib.

Bilmaysan yo g`arib,
Ko`rmaysan yo g`arib.
O`lmaysanmi ayt, g`arib bo`lib?
Alam-o, alam. (x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
G’arib
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
January 5, 2019