Yulduz Usmonova - Ishqing ishratidan qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Usmonova

Ishqing ishratidan

Ishqing ishratidan,
Vasling davlatidan
Behushman hayrona,
May ichmay mastona.

Bol olding bo`samdan,
Jon olding jussamdan,
Entikdim, elandim,
Rohatga belandim.

Kuyimdagi xush sado,
Tilimdagi bir nido,
Dunyoda men uchun, men uchun
Bir sen-u bir Xudo. (x2)

Bulbulim, bedorim,
Tundagi tumorim,
Menga o`xshab bo`lmas,
Sensiz yashab bo`lmas.

Dunyoning durisan,
Qalbimning qo`risan,
Begimsan, bekangman,
Erkamsan, erkangman.

Kuyimdagi xush sado,
Tilimdagi bir nido,
Dunyoda men uchun, men uchun
Bir sen-u bir Xudo. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ishqing ishratidan
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 23, 2018