Yulduz Usmonova - Mayda-mayda (Nastarin) qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Usmonova

Mayda-mayda (Nastarin)

Bog`imda nastarin bor,
Gullaydi har ilk bahor.
Nastarin guli mayda,
Bunday gul bordir qayda? (x2)

Mayda, mayda, mayda,
Nastarin guli mayda.
Mayda, mayda, mayda,
Bunday gul bordir qayda? (x2)

Har shoxi bir guldasta,
Atridan dil payvasta.
Jimjimador gullari,
O`ynashar bog` yellari. (x2)

Nastarin gul qo`limda,
Qo`limdamas ko`nglimda.
Bog`imda nastarin bor,
Gullaydi har ilk bahor. (x2)

Mayda, mayda, mayda,
Nastarin guli mayda.
Mayda, mayda, mayda,
Bunday gul bordir qayda? (x2)

Mayda, mayda, mayda, {x3}
Nastarin guli mayda.
Mayda, mayda, mayda, {x3}
Bunday gul bordir qayda?

Mayda, mayda, mayda, {x3}
Bunday gul bordir qayda?

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Mayda-mayda (Nastarin)
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Barot Isroil
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 6, 2018