Yulduz Usmonova - Omon-omon qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Usmonova

Omon-omon (2019)

Oydinda oy jim edi,
Yulduzlar sim-sim edi.
Bag`rimni yoqma jonim,
Yoningdagi kim edi?

Gumonlar o`ldirdi-ku,
Dunyodan to`ydirdi-ku.
Rashqing bir olov bo`lib,
Borlig`im kuydirdi-ku.

Omon, omon, omoney,
Holim so`rma – yomoney.
Omon, omon, omoney,
Man sog`indim yomoney. (x2)

Menga otilgan toshlar,
Toshmidi? Xarsangmidi?
Tunda yo`lim poylagan,
Rostmidi? Yolg`onmidi?

Malomat yog`dirganlar,
Qaytarolmas yo`limdan.
Bizlarni ayirganlar,
Qutilolmas o`zimdan.

Omon, omon, omoney,
Holim so`rma – yomoney.
Omon, omon, omoney,
Man sog`indim yomoney. (x2+x4)

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Omon-omon (2019)
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 29, 2019