Osmonda gar uchsa yulduz,
Yulduz qani, debon kuymangiz.
Sog`indik-ey biram, debon,
Qalbda og`riqni tuymangiz.
Shukr, hali hayotdirman-ey,
O`lganim yo`q, tirikdirman.
Hech bo`lmasa, o`zim uchun
Yashamoqqa kerakdirman.
Yelkamni bosgan yukni
Birovlarga yukinmadim,
Haqdan so`rab najotni,
Bandadan hech o`tinmadim.
Osmonda gar yulduz uchsa,
Yulduz qani, debon kuymangiz.
Sog`indik-ey biram, debon,
Qalbda og`riqni tuymangiz.
Odimlab boraverdim,
Yo`llarida hech yupinmadim.
Har kasni do`st, oshno bilib,
Hamroh bo`lib tutinmadim.
Men ne deya olardim-ey,
Kim kular, oh, kimlar kuyar?
Bog`da bulbul qolib, kim
To`gda zog`ni, oh-oh, suyar.
Shukr, hali hayotdirman-ey,
O`lganim yo`q, tirikdirman.
Hech bo`lmasa, o`zim uchun
Yashamoqqa kerakdirman.
Yelkamni bosgan yukni
Birovlarga yukinmadim,
Haqdan so`rab najotni-yey,
Bandadan hech o`tinmadim.
Osmonda gar yulduz uchsa,
Yulduz qani, debon kuymangiz.
Sog`indik-ey biram, debon,
Qalbda og`riqni tuymangiz.
Osmonda gar uchsa yulduz,
Yulduz qani, debon kuymangiz.
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- March 14, 2018