Qushday uchib quchog`ingdan, dunyo kezdim,
Kezib-kezib topganlarim sog`inch bo`ldi.
Qancha olis ketsam, shuncha qadring sezdim,
Qayda yursam, yod-u mehring ovunch bo`ldi.
Aylanayin qora qosh-u ko`zingdan-a,
O`zingdan qo`ymasin, xalqim, o`zingdan-a! (x2)
Xalqim, bugun orzuying ushalgan kun,
Xalqim, sening bayraming yangrar bugun. (x2)
Boldan shirin tatir qora bug`doying ham,
O`zingdan bo`lsa gar shoh-u gadoying ham.
Bir tan-u jon bir-biringdan rozi yursang,
Xudoying ham sendan rozi, Xudoying ham.
Gohi ipak, gohi yaktak o`zingdan-a,
O`zingdan qo`ymasin, xalqim, o`zingdan-a! (x2)
Xalqim, bugun orzuying ushalgan kun,
Xalqim, sening bayraming yangrar bugun. (x2)
Er boshiga ish tushsa, o`t kechkuvchidir,
Chidaymiz-da, bu zahmatlar o`tkinchidir.
Hurliging haq – qolgan bari o`taversin,
Bu dunyoda eng yorug` baxt – el tinchidir!
Ayirmasin beminnat non-tuzingdan-a,
O`zingdan qo`ymasin, xalqim, o`zingdan-a! (x2)
Xalqim, bugun orzuying ushalgan kun,
Xalqim, sening bayraming yangrar bugun. (x2+x4)
Xalqim…
Birov uchun birovlar tush ko`rib bermas,
Minnat qilmay bir bog` o`tin o`rib bermas.
Bayramingda oylab bazm qilgan kaslar
Boshingga ish tushsa, bir kun turib bermas.
Nomus kuyi tushmasin hech bo`g`zingdan-a,
O`zingdan aylanay, xalqim, o`zingdan-a!
Erk vodiysi – zahmatlarga siylovdir bu,
Toy qoqilib, ot bo`lguvchi yaylovdir bu.
Ranj chekmasang, nurli-nurli tonglar qayda?
Sinovdir bu, balki buyuk sinovdir bu.
Bosh ketsa ham, qaytma endi so`zingdan-a,
O`zingdan qo`ymasin xalqim, o`zingdan-a!
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- September 12, 2017