Yulduz Usmonova - Rasululloh (Salovat) qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Usmonova

Rasululloh (Salovat)

Ming-ming yillar yo`l yurdim,
Ko`p yiqildim, ko`p turdim.
Ne bo`lsa, o`zdan ko`rdim,
Yolg`iz tashlama, Alloh.

Ko`zlarimning namisan,
Ko`nglimning malhamisan,
Rohatlarning jamisan,
Yolg`iz tashlama, Alloh.

Senga loyiq banda bo`layin,
Muhammadga ummat bo`layin.

Rasulalloh, Habiballoh, Safialloh,
Ayo Muhammad.
Rasulalloh, Habiballoh, Nabiyalloh,
Ayo Muhammad,
Sollallohu alayhi vasallam.

Gul ko`nglim so`lgan kuni,
Paymonam toʼlgan kuni,
Dushmanim kulgan kuni,
Yolg`iz tashlama, Alloh.

Murod senga yetmoqdan,
Jamolingni ko`rmoqdan,
Ruxsoringga to`ymoqdan,
Yolg`iz tashlama, Alloh.

Senga loyiq banda bo`layin,
Ham yarashgan ummat bo`layin.

Rasulalloh, Habiballoh, Safialloh,
Ayo Muhammad.
Rasulalloh, Habiballoh, Nabiyalloh,
Ayo Muhammad,
Sollallohu alayhi vasallam.

Allohu Akbar, Allohu Akbar.
Ashhadu a`lla ilaha illalloh.

Rasulalloh, Habiballoh, Safialloh,
Ayo Muhammad.
Rasulalloh, Habiballoh, Nabiyalloh,
Ayo Muhammad,
Sollallohu alayhi vasallam.

Assalamu alaykum va Rohmatullohi va barakatuhu.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Rasululloh (Salovat)
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Bilol
Sana:
April 27, 2021