Yulduz Usmonova - Xasta bo'lma qo'shiq matni, lyrics

Yulduz Usmonova

Xasta bo’lma

Seni hamma-hammadan yaxshi ko`rib, sevaman,
Bilib-bilmay ba’zida qalbing ozor beraman.
Xasta bo`lib qolsang gar, aniq ado bo`laman,
Kasal bo`lma iltimos, sensiz nima qilaman?

Bizga baxtlar yarashadi, armon emas,
O`zga yorlar kulgulari darmon emas,
Boshqa birov sendek bo`lolmas!

Xasta bo`lma jonim, ado bo`laman,
Mendan oldin o`lma, ishon, o`lib bo`laman.
Senga men zor bo`laman,
Sensiz men xor bo`laman, azizim. (x2)

Seni hatto o`zgalar-u o`zimdan ham qizg`onib,
Ko`rsam deyman seni, har kun yuragim yonib.
Gohida men o`zim rost so`zlardan ham tonib,
Kasal bo`lma iltimos, yig`layman sensiz qolib.

Xasta bo`lma jonim, ado bo`laman,
Mendan oldin o`lma, ishon, o`lib bo`laman.
Senga men zor bo`laman,
Sensiz men xor bo`laman, azizim. (x2+x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Xasta bo’lma
Xonanda:
Yulduz Usmonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 29, 2018