O`kinch to`la qalbda ro`yolar isyon,
Yurgan yo`llar yuragimga kelsa tor,
Agar tuyg`ularim bo`lsa shuncha xor,
Hislarimni ko`zlaringga ko`mib qo`y.
Chaman-chaman bog`lar bir kun so`ladi,
Ne tog`lar uqalanib, qum bo`ladi,
Inson sevib, nafrat qilib o`tadi,
Hislarimni ko`zlaringga ko`mib qo`y.
Oqar suvlar aytmadimi?
Uchgan qushlar aytmadimi?
Hech yo`q yurak sezmadimi?
Yoningdaman, yoningdaman.
Ko`zlarga parda osdilar,
Meni sendan ayirdilar,
Sen esa hali sezmading –
Yoningdaman, yoningdaman.
Agar so`rsang, qismatimdan roziman,
Cheksiz sevgining dardini chekaman.
Asl sevgi dardin bilmoq istasang,
Hislarimni ko`zlaringga ko`mib qo`y.
O`kinch to`la qalbda ro`yolar isyon,
Yurgan yo`llar yuragimga kelsa tor,
Agar tuyg`ularim bo`lsa shuncha xor,
Hislarimni ko`zlaringga ko`mib qo`y.
Oqar suvlar aytmadimi?
Uchgan qushlar aytmadimi?
Hech yo`q yurak sezmadimi?
Yoningdaman, yoningdaman.
Ko`zlarga parda osdilar,
Meni sendan ayirdilar,
Sen esa hali sezmading –
Yoningdaman, yoningdaman. (x2)
Yoningdaman, yoningdaman, yoningdaman…
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- April 15, 2016