Men seni o`zimdan qizg`onaman,
Men seni ko`zimdan qizg`onaman. (x2)
Beg`uborginam, beqarorginam,
Hammadan ham ko`p senga ishonaman. {x2}

Bilarmisan, ayt?
Sezarmisan, ayt?
Meni hammadan ko`p
Sevarmisan, ayt? (x2)

Suhbatlaringga hech qachon to`ymam,
Bir kunda uch bor ko`rishsam deyman. (x2)
Kuydirma meni sog`insam seni,
Ayirma meni shirin baxtimdan. {x2}

Bilarmisan, ayt?
Sezarmisan, ayt?
Meni hammadan ko`p
Sevarmisan, ayt? (x2)

Bir vafodoring, yoring bo`lay man,
Darding olay man, senla qolay man. (x2)
Gulyuzginamsan, yolg`izginamsan,
Bilgin, hammadan ko`p seni sevarman. {x2}

Bilarmisan, ayt?
Sezarmisan, ayt?
Meni hammadan ko`p
Sevarmisan, ayt? (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@the3notorious)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Bilarmisan
Xonanda:
Yusufxon Nurmatov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
February 23, 2019