Yusufzadee va Tohir Rashidov - Yolg'iz qoldir qo'shiq matni, lyrics

Tohir Rashidov, Yusufzadee

Yolg’iz qoldir

Sevasanmi bir umrga
Yoki bir kunga?
Sog`inaman seni, lekin
Qalbim taqdirga ko`ngan.
Yolg`iz qoldir xayollarim
Birgina kun, bir tunga.
Har kun tushimda
Uzuk taqishim aytaman unga. (x2)

Yolg`iz qoldir xayollarim,
Ketgin mendan uzoqqa.
Nega uzoq baxt yo`llarim,
Odimlarim to`la tuzoqqa? (x4)

Yonimda bo`lmaysan,
Ko`rmaysan, kelmaysan, bilmaysan nega ayt?
Sen meni aldaysan,
Bilmayman qaydasan, axir sen sevasan ayt?
Har qanday onimda,
Hamisha yonimda bo`lgin, sen menga qayt.
Hammasin unutay,
Kechiray, bir bora sevishingni ayt. (x2)

Yolg`iz qoldir xayollarim,
Ketgin mendan uzoqqa.
Nega uzoq baxt yo`llarim,
Odimlarim to`la tuzoqqa? (x4)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yolg’iz qoldir
Xonanda:
Tohir Rashidov, Yusufzadee
Muallif:
Yusufboy Ahmedov
Bastakor:
Yusufboy Ahmedov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Prod by. YUSUFZADEE
Sana:
March 6, 2021