Zafar Kamilov - Ayrilmoqdamiz qo'shiq matni, lyrics

Zafar Kamilov

Ayrilmoqdamiz

Qara, so`zlaringga bo`lgan
Ishonch ham qolmadi.
Meni o`sha sog`ingan yor
Hatto bugun tanimaydi.

Ko`zlaringga boqaman,
Yana sevaman, kuyaman.
Dardlar ichimda bo`ladi daryo,
Aytgin, nega bunday dunyo?

Ummon bag`riga cho`kaman,
Yana nafassiz bo`g`ilib.
Azoblarda yonib-kuyib,
Lekin ketolmayman shunchaki unutib.

Ayrilmoqdamiz, qoldi so`nggi qadam,
Qaytmaysan, sezaman qiynar alam.
So`nggi soniyalargacha kutaman,
Garchi kelmasang ham, sog`inmasang ham.

Yurak sensiz yurak emas,
Sensiz u kerak emas.
So`zlarimga e’tibor ber biroz,
Sensiz hayot kerak emas. (x2)

Ketmoqdasan negadir jim,
Hayotingda aytgin kim?
Egallagan mening sevgim,
Kerak emas senga keragim.

Ko`zlaringga boqaman,
Yana sevaman, kuyaman.
Dardlar ichimda bo`ladi daryo,
Aytgin, nega bunday dunyo?

Ummon bag`riga cho`kaman,
Yana nafassiz bo`g`ilib.
Azoblarda yonib-kuyib,
Lekin ketolmayman shunchaki unutib.

Ayrilmoqdamiz, qoldi so`nggi qadam,
Qaytmaysan, sezaman qiynar alam.
So`nggi soniyalargacha kutaman,
Garchi kelmasang ham, sog`inmasang ham.

Yurak sensiz yurak emas,
Sensiz u kerak emas.
So`zlarimga e’tibor ber biroz,
Sensiz hayot kerak emas. (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ayrilmoqdamiz
Xonanda:
Zafar Kamilov
Muallif:
Zafar Kamilov
Bastakor:
Zafar Kamilov
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Zafar Kamilov #141
Sana:
March 18, 2021