Bojalar guruhi va Ziyoda - Talpinadi yuragim

Bojalar guruhi, Ziyoda

Talpinadi yuragim

[Ziyoda]
Seni qanday sevishimni
Aytolmay, yorim,
Azoblanar, qiynalar
Bu yurak madorim.

[Bojalar guruhi]
Sevgi nima? Dur tosh emas
Qirg`oqda yotar.
O`yin qaror foyda bermas
Mening qalbimga.

[Bojalar guruhi va Ziyoda]
Talpinadi yuragim
Faqat sen tomonga,
Tunlari yorug` aylatgan
Yulduzim mani. (x2)

[Ziyoda]
Seni ko`rsam, jonim, o`zim
Parvoz etaman.
Agar ko`rmay qolsam bir zum,
Azob chekaman.

[Bojalar guruhi]
Ko`zlaring seni namlanadi
Erka so`zimdan,
Yuraging qayg`u, alamda yonar
Yomon so`zimdan.

[Bojalar guruhi va Ziyoda]
Talpinadi yuragim
Faqat sen tomonga,
Tunlari yorug` aylatgan
Yulduzim mani. (x2)

[Bojalar – Mo`min Oripov]
Sevgi nima? Sen o`ylama yomon deb,
Quloq solgin, yuraging yuragi tomon.
Kech bo`lmasdan sevgi sari yetib olish kerak,
Yetib olish kerak o`z yori tomon. Xullas:

Sevgi nima? Sen o`ylama yomon,
Quloq solgin, yuraging yuragi tomon.
Kech bo`lmasdan sevgi sari yetib olish kerak,
Yetib ol o`z yoring tomon.

[Ziyoda]
Talpinadi yuragim
Faqat sen tomonga.
[Bojalar guruhi]
Tunlari yorug` aylatgan
Yulduzim mani. (x2)

[Bojalar guruhi va Ziyoda]
Talpinadi yuragim
Faqat sen tomonga,
Tunlari yorug` aylatgan
Yulduzim mani. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Talpinadi yuragim
Xonanda:
Bojalar guruhi, Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 14, 2016