(Yigit bo`lsang, har nafasda ogoh turgin Vatandan,
Seni sergak ko`rgan g`anim qon tupursin alamdan.
Kechgin jondan, ammo kechma qasamyoddan, qasamdan,
Iymon ketmas vatanini ona degan odamdan.)

[Shahriyor]
Mard o`g`il bo`l, mardning yuzi el oldida tiniqdir,
Nomardlarcha shaytonsifat qadri cho`pdek siniqdir.
Xoinlarku shak-shubhasiz iblislarga sherikdir,
Ne sabab ayt, Manguberdi ming yildirki tirikdir?

[Ziyoda]
O`g`lim, desin ko`krak kerib horib qolgan buzruging,
Oq sutiga rozi bo`lsin onang, qaro ko`zliging.
Oqla yegan non tuzingni, harom qilma tuzlig`ing,
Joning bilan birga ketsin, ketsa agar o`zliging.

[Shahriyor va Ziyoda]
Vatanni sotma – iymonni sotasan,
Elga ne yuz bilan ayt, keyin boqasan?
Vatanni sotma – beshikda bolang u,
Unutma zinhor, otang u, onang u,
Vatanni sotma!

[Shahriyor]
Manqurtlarning ko`chasiga kirib qolma aldanib,
Keyin afsus-nadomatlar urib qolma aldanib.
Yosh umringni xazon qilma, so`nib qolma aldanib,
Jahannamga sen ravona bo`lma, jannat axtarib.

[Ziyoda]
Chaman turib, tikonzorlar qidirmagin, ko`zni och,
Jigarlaring tik qaddini sindirmagin, ko`zni och.
Inson bo`lgin, san tufayli to`kilmasin bitta soch,
Solih farzand ota-ona boshidagi oltin toj.

[Shahriyor va Ziyoda]
Vatanni sotma – iymonni sotasan,
Elga ne yuz bilan ayt, keyin boqasan?
Vatanni sotma – beshikda bolang u,
Unutma zinhor, otang u, onang u,
Vatanni sotma!

[Shahriyor]
Qadriga yet, ko`zga surgin tabarruk tuprog`ingni,
Tinch kuningni, hech kimda yo`q musaffo osmoningni.
Farishtalar tark etmasin uyingni, qo`rg`oningni,
Qorachig`ingday asragin sen O`zbekistonni!

[Shahriyor va Ziyoda]
Vatanni sotma – iymonni sotasan,
Elga ne yuz bilan ayt, keyin boqasan?
Vatanni sotma – beshikda bolang u,
Unutma zinhor, otang u, onang u, (x2)
Vatanni sotma!

Ushbu qo`shiq matni uchun Bayram O`serov (bayko)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Vatan
Xonanda:
Shaxriyor, Ziyoda
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 7, 2018