Kuni bo`yi uydaman,
Kutib-kutib charchadim.
Jonim ishdan kelar deb,
Palovniyam bopladim.
Yorim qo`ng`irog`imdan
Charchadimi, bilmadim?
Qayta-qayta tersam ham,
Biror marta tushmadim.
(Chaqirilayotgan telefon o`chirilgan)
Yana ish, yana ish,
Deb boshimni qotirmang.
Kechir endi, xotinjon,
Deb g`azabim oshirmang.
Yana ish, yana ish,
Deb boshimni qotirmang.
Shirin gaplar bilan mani
Siz g`azabim oshirmang.
Ana endi ko`radi,
Jahlda ham o`ynadi.
Ishdan kelib, u manga
Lag`monlarni iladi.
Yana bir bor unga man
Qo`ng`iroqlar qilaman.
“Allo, allo”, desa bas,
Bor ta’zirin beraman.
(Chaqirilayotgan telefon o`chirilgan)
Yana ish, yana ish,
Deb boshimni qotirmang.
Kechir endi, xotinjon,
Deb g`azabim oshirmang.
Yana ish, yana ish,
Deb boshimni qotirmang.
Shirin gaplar bilan mani
Siz g`azabim oshirmang. (x2)
Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.
Qo'shiq haqida ma'lumot
- Klipmeyker:
- Albom:
- Yubordi:
- Sana:
- October 20, 2017