Zohid - Tamom qo'shiq matni, lyrics

Zohid

Tamom

Yonimda yo’q u bugun,
Ko’zlari o’zidan o’zi,
Biladi o’zgani o’zi,
So’ziga to’g’rimas so’zi.

Avvalgiday mana o’zi,
O’ylanib qo’ydi yuragida man yo’q.
Go’zallikda tengi yo’q,
Yolg’onlarin cheki yo’q.

Sog’indingmi san ham mani?
Sog’indim yomon sani.
Avvalgidakalar qani?
Hech bo’lmasa hidlari
Kelib tursin, ketmasin.
Holim aytsin sevganim,
Manikini aytib qo’ymasin.

Hammasi tamom ekan,
Ko’zlari yomon ekan,
So’zlari yolg’on ekan,
Tamom bo’ldi toabad. (x2)

Bugun kimmiz ikkimiz bir-birmirsiz?
Sevgimiz yig’ladi ko’p, lek javob yo’q,
Ko’ngli to’qning ko’gli bo’sh bilan ishi yo’q.

So’ramadi kechalari,
Yulduzlarga qarab bechorani.
Qong’iroq ham chaqirmaydi,
Izlab kelmaydi, uni hech kum yo’qlamaydi.

So’rab ko’rgin bir bor holimni,
Ichimni kemirib yotgan zolimni.
Olib ketgin qo’llaridan tutib,
Zaharlayotgan sog’inchdir qonimni.

Hammasi tamom ekan,
Ko’zlari yomon ekan,
So’zlari yolg’on ekan,
Tamom bo’ldi toabad. (x2)

Unga qancha ko’p qilganing sari,
Shuncha kam ekan bari.
Sendan nega qoldi dengiz?
Shu dengizga cho’kdim yolg’iz.

Yog’di yomg’irlar negadir,
Ko’klarga yetdi ohlarim.
Osmonlar yig’ladi manga qarab,
Achindimikan? Bilmadim…

Achinmadi u, bilaman,
Sog’inmadi mani, sezaman.
Qarori qat’iy, tushunaman,
Chog’siz, olovsiz yonaman.

Hammasi tamom ekan,
Ko’zlari yomon ekan,
So’zlari yolg’on ekan,
Tamom bo’ldi toabad. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Tamom
Xonanda:
Zohid
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 6, 2020