Dilozorim ozor, ozor, dilozorim,
Dilozorim ozor, ozor, dilozorim. (x2)

Zor etma buncha, kel ey, gulg`uncha,
Qiyna to`yguncha – e’tirozim yo`q. (x2)

Dilozorim ozor, ozor, dilozorim,
Dilozorim ozor, ozor, dilozorim. (x2)

Men Majnunga mos, sev Layliga xos,
Va sochingga os – e’tirozim yo`q. (x2)

Gulim, kulib boq, so`ng sog`inchda yoq,
Sevdim deb qiyna – e’tirozim yo`q. (x2)

Dilozorim ozor, ozor, dilozorim,
Dilozorim ozor, ozor, dilozorim. (x2)

Begonani qo`y, ismim dilga o`y,
So`ng pichoqsiz so`y – e’tirozim yo`q. (x2)

Faqat menla qol, dilga o`tlar sol,
Mayli, jonim ol – e’tirozim yo`q. (x2)

Dilozorim ozor, ozor, dilozorim,
Dilozorim ozor, ozor, dilozorim. (x2)

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Dilozorim
Xonanda:
Zohirshoh Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
October 16, 2018