Mensizlikda qolib ketma,
Qalbingga dard solib ketma.
Senga bergan sevgim to`la
Yuragimni olib ketma. (x2)

Hajringda yongan,
Otashda kuygan,
Seni ko`rib, sevib qolgan
Yuragimni olib ketma. (x2)

Suratingga termulsam, yor,
Sen yo`q tunim o`tar bedor.
Qara gulim, xasta, bemor
Yuragimni olib ketma.

Dilsiz sevgi boshlolmayman,
Yolg`iz qadam tashlolmayman.
Tushun axir yasholmayman –
Yuragimni olib ketma.

Hajringda yongan,
Otashda kuygan,
Seni ko`rib, sevib qolgan
Yuragimni olib ketma. (x2)

Solib dard-u firoqlarga,
Tashlab og`ir tuzoqlarga, (x2)
Mendan olis, yiroqlarga
Yuragimni olib ketma. (x2)

Hajringda yongan,
Otashda kuygan,
Seni ko`rib, sevib qolgan
Yuragimni olib ketma. (x2)

Yuragimni olib ketma…

Ushbu qo`shiq matni uchun Karimov Davlatyor (@mrgeograph)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Olib ketma
Xonanda:
Zohirshoh Jo'raev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 29, 2019