Zohirshoh Jo'rayev - Senga yetarmikanman qo'shiq matni, lyrics

Zohirshoh Jo'raev

Senga yetarmikanman

Dilda orzularim bor,
Barin tutarmikanman?
Hayronman, gulyuz Nigor,
Senga yetarmikanman?

Hayronman, gulyuz Nigor,
Senga yetarmikanman?

Jonday asragum seni,
Bilmam ishq istar neni? (x2)
Qiynar bir savol meni –
Senga yetarmikanman? (x2)

Armon, hijrondan kechib,
Mayli, bu jondan kechib, (x2)
Mahkam baxtimni quchib,
Senga yetarmikanman? (x2)

Yondi xazonday qadrim,
Endi yetmaydi sabrim. (x2)
Tugab qolmasdan umrim,
Senga yetarmikanman? (x2)

Senga yetarmikanman?
Senga yetarmikanman?
Hayronman, gulyuz Nigor,
Senga yetarmikanman?

G`amlar so`ldirmay turib,
Hijron kuydirmay turib, (x2)
Sog`inch o`ldirmay turib, {x2}
Senga yetarmikanman? {x2}

Yoki armon bo`lib yor,
Yolg`iz o`tarmikanman?
O`ylab qo`rqaman, Nigor,
Senga yetarmikanman?

O`ylab qo`rqaman, Nigor,
Senga yetarmikanman?

Senga yetarmikanman?
Senga yetarmikanman?
Hayronman, gulyuz Nigor,
Senga yetarmikanman? (x2)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Senga yetarmikanman
Xonanda:
Zohirshoh Jo'raev
Muallif:
Abdussami Abduvohid
Bastakor:
Iqbol Muhammad
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
April 11, 2021