So`zlasa, og`zidin shakar ko`rinur,
Sadaf la’lidin gavhar ko`rinur.
Tole’yimni yuzi bila ko`rsam-ey,
Ko`z-u qoshimda yuz nazar ko`rinur. (x2)

Yangi oy qoshlari hijolatidin,
Oylarda burar, burar ko`rinur.
Bilim har necha kim sinchilasam-ey,
Ko`zlarimga ham men kamar ko`rinur. (x2)

So`zlasa, og`zidin shakar ko`rinur-ey,
Sadaf la’lidin gavhar ko`rinur.

Yuzi qoshinda tong emas, to`lin oy,
Agar sitorai sahar ko`rinur. (x2)
Manfaatdir manga sanam dardi,
Agar el boshinda zarar ko`rinur. (x2)

Bu Atoiy ko`zing xayolimda
Doimo mast-u bexabar ko`rinur. (x2)
So`zlasa, og`zidin shakar ko`rinur-ey,
Sadaf la’lidin gavhar ko`rinur.

Gavhar ko`rinur…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ko’rinur
Xonanda:
Zulayho Boyxonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
March 29, 2018