Zulayho Boyxonova - Shahloga tushdi qo'shiq matni, lyrics

Zulayho Boyxonova

Shahloga tushdi

Qayerdan ko`z, ko`zi shahloga tushdi?
Bu ishqim sho`xu-beparvoga tushdi. {x2}

Demay bir men ko`rib, ovora bo`ldim,
Ko`rib ohu yo`li sahroga tushdi. {x2}

Boqolmasdan nigorimga, qiyo husniga,
Hijolat bardaviy dunyoga tushdi.

Qadam qo`yganda u keng gulshan ichra,
Bezab o`zni chaman, oroga tushdi. {x2}

Qizil edi yuzi ra’noning bog`da-yey,
Ko`rishda dog`lar ra’noga tushdi.

Uzoqdan lutf etib sog`inganim chog`,
Ko`rishgach, nozu-istig`noga tushdi. {x2}

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Shahloga tushdi
Xonanda:
Zulayho Boyxonova
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 9, 2018