Bu uzun kechalarda men yana intizorman,
Seni sog`inib, jonim, men yana bedorman.
Sevgimni bilmasang ham, qalbimda sen yashaysan,
Yuragim ichra o`zing yolg`izimsan.

Aytsam agar dil izhorim senga,
Balki rahming kelarmidi menga.

Sensiz, jonim, sensiz dil ozorim tengsiz,
Yorug` dunyoni kezarman yolg`iz.
Sensiz, jonim, sensiz dil ozorim tengsiz,
Yorug` dunyoni kezarman yolg`iz.

Yulduzli osmon ichra, xayollar og`ushida,
Seni izlayman, jonim, hattoki tushimda.
Bunchalar o`tli ekan bu sevgi, bilmas edim,
Hajring dog`ida, jonim, yonar boldim.

Aytsam agar dil izhorim senga,
Balki rahming kelarmidi menga.

Sensiz, jonim, sensiz dil ozorim tengsiz,
Yorug` dunyoni kezarman yolg`iz.
Sensiz, jonim, sensiz dil ozorim tengsiz,
Yorug` dunyoni kezarman yolg`iz. (x1+x1)

Yorug` dunyoni kezarman yolg`iz…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Sensiz
Xonanda:
Abduvali Rajabov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
June 26, 2016