Afruz guruhi - Begonaman (Ishonaman)

Afruz guruhi

Begonaman

Seni menday kutgan dil bormi,
Seni menday e’zozlagan bormi?
Meni zor etgan sen gulruxsorni,
Qanday bilsam ekan ko`nglingni?
Netay, axir menga yoqib qolgansan,
Netay ayt, ne qilay?

Begonaman, bilaman hozircha yoningda,
Begonaman, begona-yey.
Ishonaman, sevgim boradi yuragingga,
Ishonaman yuragingga.

Sening shirin sevgingdan adoman,
Sening o`y-xayolingda bedorman.
Qanday bo`lmasin bilishing kerak,
Seni bir umrga sevaman.
Netay, axir menga yoqib qolgansan,
Netay ayt, ne qilay?

Begonaman, bilaman hozircha yoningda,
Begonaman, begona-yey.
Ishonaman, sevgim boradi yuragingga,
Ishonaman yuragingga. (x2)

Begonaman, bilaman… yoningda,
Begonaman, begona.
Ishonaman, sevgim boradi yuragingga,
Yuragingga, yuragingga…

Begonaman, bilaman hozircha yoningda,
Begonaman, begona-yey.
Ishonaman, sevgim boradi yuragingga,
Ishonaman yuragingga.

Ishonaman… yuragingga…
Ishonaman… boradi yuragingga…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Begonaman
Xonanda:
Afruz guruhi
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
August 9, 2016