Ana sevgim uchgan o`q,
Muzdek toshni quchgan o`q,
Qiz suydirding – bo`ldi armon,
Ko`rish boru aytish yo`q.

Qiz suyding – bo`ldi armon,
Etakka to`ldi armon.
Bo`ldi seni ko`ksimdan
Yulib o`tga otarman.

Yurak, yomon ekansan,
Qip-qizil qon ekansan.
Kun yo`q ekan menga hech
Senki omon ekansan.

Bo`ldi, seni ko`ksimdan
Yulib suvga otarman,
Sohillarda qum bilan
Quchoqlashib yotarman.

Ana sevgim uchgan o`q,
Muzdek toshni quchgan o`q,
Qiz suydirding, bo`ldi armon,
Ko`rish boru aytish yo`q.

Do`st tutinding – yov chiqdi,
Yelkamga nayza suqdi.
Sening bilan sig`inib,
Yurgan yo`lda g`ov chiqdi.

Yurak, yomon ekansan,
Qip-qizil qon ekansan.
Kun yo`q ekan menga hech
Senki omon ekansan.
Bo`ldi, seni ko`ksimdan
Yulib suvga otarman,
Sohillarda qum bilan
Quchoqlashib yotarman. (x1+x1)

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Yurak
Xonanda:
Anvar Sanayev
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 23, 2016