Oqibatdan so`z ochganda dil g`ashlansa,
Nomardlardan so`z ochganda ko`z yoshlansa,
Davralarda dunyolardan gap boshlansa,
Ota-onam boy deb emas, ota-onam bor deb quvon. (x2)

Davralarda dunyolardan gap boshlansa,
Ota-onam boy deb emas, ota-onam bor deb quvon.

Bo`lmaganni ojiz banda bo`ldirolmas,
Onang kabi hech kim seni erkalolmas,
O`ksik ko`ngling molu-dunyo to`ldirolmas,
Ota-onam boy deb emas, ota-onam bor deb quvon. (x2)
Ota-onam boy deb emas, ota-onam bor deb quvon.

O`rgilaymi dabdabali to`ylaringdan,
Aylanaymi qaddi nihol bo`ylaringdan,
Yoru do`stlar kelgan katta uylaringdan,
Ota-onam boy deb emas, ota-onam bor deb quvon. (x2)

Ota-onam boy deb emas, ota-onam bor deb quvon…

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Ota-ona
Xonanda:
Bahriddin Zuhriddinov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
May 17, 2016