Oy mani joni-jahonim, qanisan?
Boru-yo`q, jahoni-jonim, qanisan? (x2)
Xastaman xajru-azobing domida,
Dardima yolg`iz darmonim, qanisan? (x2)

Kun sayin umid gullarim so`ldirib,
Ko`nglim piyolasin g`amga to`ldirib, (x2)
Sog`inchda bir meni ming bor o`ldirib,
Ming bitta jonu-omonim, qanisan? (x2)

Oy mani joni-jahonim, qanisan?
Boru-yo`q, jahoni-jonim, qanisan? (x2)
Xastaman xajru-azobing domida,
Dardima yolg`iz darmonim, qanisan? (x2)

Kelgil-u yarim baxtni ayla butun,
Bulutlar kuygan dildan chiqqan tutun. (x2)
Ko`yingda ado bo`lgan Botir uchun
Boru-baxt, yo`g`u-yomonim, qanisan? (x2)

Oy mani joni-jahonim, qanisan?
Boru-yo`q, jahoni-jonim, qanisan? (x2)
Xastaman xajru-azobing domida,
Dardima yolg`iz darmonim, qanisan? (x2)

Sog`inchda bir meni ming bor o`ldirib,
Ming bitta jonu-omonim qanisan?
Ko`yingda ado bo`lgan Botir uchun
Boru-baxt, yo`g`u-yomonim…

Oy mani joni-jahonim, qanisan…

Ushbu qo`shiq matni uchun Shahnoza (@shahnoz_art)ga minnatdorchilik bildiramiz.

Qo'shiq haqida ma'lumot

Nomi:
Qanisan
Xonanda:
Bahrom Nazarov
Muallif:
Bastakor:
Klipmeyker:
Albom:
Yubordi:
Sana:
December 21, 2017